Bugun Jizzax shahrida O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Amaldagi chempion “Paxtakor” “Nasaf”ga qarshi bahs olib bordi.
“So‘g‘diyona” markaziy stadionida kechgan bellashuvda qarshiliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston Superkubogi
24 avgust, payshanba
Jizzax. “So‘g‘diyona” markaziy stadioni. 6501 tomoshabin
Hakamlar: Aziz Asimov, Olim Abduvosilov, Ruslan Serazitdinov, Ilya Ilin
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Diyor Xotamqulov
Gollar: Pshemislav Banashak, 8 (1:0), Oybek Bozorov, 42 (1:1), Marko Stanoevich, 66 (1:2)
Ogohlantirishlar: Hojiakbar Alijonov, 24 – Alibek Davronov, 80, Umidjon Ergashev, 90+5.