Osiyoning 11 mamlakati vakillari OFK qarorgohida uchrashdi

Qit’ada klublar miqyosidagi futbolni yangi darajaga olib chiqish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasi Professional futbol bo‘yicha maxsus ishchi-guruhni tashkil qildi. 

Yangi tashkil qilingan Professional futbol bo‘yicha OFK ishchi-guruhi raisi etib yaqin o‘tmishning mashxur futbolchisi, koreyalik Park Ji Sung tayinlandi. Uning a’zolari safidan Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Hindiston, Singapur, Tailand, Vyetnam, BAA hamda O‘zbekiston vakillari o‘rin oldi. Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida o‘tgan Professional futbol bo‘yicha ishchi-guruhining ilk yig‘ilishida O‘zbekiston nomidan O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ishtirok etdi. 

Unda qit’aning klublar miqyosidagi musobaqalari islohoti, legionerlarga ta’qiq olib tashlanishidan keyingi mahalliy futbolchilar tarbiyalashni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, shuningdek, OFK Litsenziyalash reglamentiga qo‘shimchalar kiritish, OFKning Professional futbol bo‘limi tuzilmasini qaytadan shakllantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb