Aleksandr Xomyakov: Bu g‘alaba juda ham zarur edi

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Olimpik” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Albatta, bugungi g‘alabadan baxtliman. Biz javobgarlik hissi qanchalik ekanligini tushunib turgandik. G‘alabamizni hamma intiqlik bilan kutib turganini yaxshi bilgandik. Eng asosiysi, muxlislarga quvonch ulashishni maqsad qilgandik va buning ustidan chiqdik. Bayramona oqshomni muxlislarimizga taqdim qila oldik, deb o‘ylayman.

Bilaman, maydondagi holat va sifat ham muhim. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham biz g‘alaba qozondik. Shunisi eng asosiysi, deb o‘ylayman. Bu g‘alaba bizga juda ham zarur edi. Shaxsan menga bu mavsumdagi aynan ushbu g‘alaba nihoyatda muhim edi. Etarlicha qiyinchiliklar bo‘ldi, ba’zi xatoliklar ham ko‘zga tashlandi. Ammo ko‘zlagan maqsadimizga erishdik. Men birinchi navbatda futbolchilarga katta rahmat aytaman. Vaziyatni nazorat qilib turishdi. Ancha qiyin kechdi. Raqibimiz ham yaxshi o‘ynadi. Yosh va chaqqon yigitlar ekan. Lekin biz barchamiz bir jamoa bo‘lib kurashdik, oldinga intildik.

To‘g‘risi, qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandim. Biroz  xavotir ham yo‘q emasdi. Chunki tarkib bilan bog‘liq muammolarimiz bor edi. Bunday o‘yinda xato qilmaslik eng muhim masalalardan biri deb o‘ylayman.

Boshnyak jamoaga tez kirishib keta oldi. Bu uning katta yutug‘i. Albatta, mahsuldorlik borasida ham Armin muhim gollar uryapti. Asosiysi, shu. Gollarni tashkil qilishda va kiritishda Boshnyakning ham roli katta bo‘lyapti va bu meni xursand qilyapti. Ha, bunday futbolchining paydo bo‘lishi, jamoamizga qo‘shilishi va gollar urishi yoqimli. Kerakli ishlarni qilayotganidan xursandman”, – dedi Xomyakov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb