Timur Kapadze: Tarkibimizda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Olimpik” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qiyin uchrashuv bo‘ldi. Maydon holati futbol o‘ynash uchun imkoniyat bermadi. Bu tarafi mezbonlarga nisbatan oson bo‘ldi. Boisi, bunday maydonda himoyalanish oson va ular xohlayotgan o‘yinni ko‘rsatish yengilroq. Uchrashuv avvalidayoq himoyachining xatosidan so‘ng to‘p o‘tkazib yubordik. Vaziyatni o‘ngladik. Ikkinchi taymda o‘tkazib yuborilgan golimizda fol bo‘lgan edi. Ushbu vaziyat golga olib keldi.

Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli bosim bo‘ldi. Biroq futbolchilar borlarini berishdi. Kamchiliklar mavjud, ammo bunday maydonda o‘ynash qiyin.

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar o‘yinimizni biroz jonlantirishdi. Durang bilan chiqib ketsak bo‘lardi. Bunday o‘yinga kirishib ketish oson emas. Ammo ular yaxshi kirishib ketishdi.

Tarkibimizda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi. Yangi yigitlar keldi. Ularga imkoniyat beryapmiz. Ha, kamchiliklar ko‘zga tashlanyapti, qaerdadir xatolar kuzatilyapti. Bu yoshda menimcha normal holat. Har bir xatoning ustida ishlayapmiz, ko‘rsatyapmiz. Mening vazifam ularga imkoniyat berish. Kamchiliklari bo‘lsa ularni to‘g‘rilash. Chunki ko‘p futbolchilar baribir o‘z klublarida imkoniyatga ega emasdi va bu yerda ularga imkoniyat taqdim qilyapmiz. Yaxshi o‘ynashsa, kuchli bo‘lishsa albatta terma jamoaga eshiklar ochiq”, – dedi Kapadze.

mib
uzcard
cola
apex
bmb