Coca-Cola Superliga 17-turida mehmonda “Buxoro” bilan durang qayd etgan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘yin haqida fikr bildirdi.
“Buxoro” o‘yinning dastlabki daqiqalaridan boshlab oldinga tashlanishini kutgandik. Muxlislarga yoqadigan, keskin va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Dastlabki daqiqalar biz uchun qiyin kechdi. Keyinchalik to‘pni nazoratga oldik. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushgandi. Muxlislarga o‘yin yoqdi deb o‘ylayman. Natija haqida bunday deya olmayman”, - dedi Arslonov.
“Qaerdadir charchadik, balki emotsional jihatdan kamchiliklarimiz bordir. “Bunyodkor”ga qarshi kubok o‘yinida juda ko‘p energiya yo‘qotdik. Shu bois, bugun biroz o‘yinimiz chiqmadi”.