Ulug‘bek Baqoyev: “Surxon”ni o‘rtamiyona jamoa demagan bo‘lardim

Coca-Cola Superliga 17-turida o‘z maydonida “Surxon” bilan durang qayd etgan “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘yin haqida fikr bildirdi.

“O‘yinni yomon boshladik deyishim mumkin. Bizga biroz agressiya etishmadi. Shuningdek, psixologik faktor ham rol o‘ynadi. Futbolchilar negadir kerakli o‘yinlarga ruhiy jihatdan tayyorlana olishmayapti. O‘yin oxirida gol urdik, keyin esa o‘tkazib yubordik. Nima ham derdim, bir ochko ham ochko” - dedi Baqoyev.

“O‘yinlarga raqibga qarab tayyorlanamiz. Ularni o‘rtamiyona yoki boshqaga ajratmaymiz. “Surxon”ni o‘rtamiyona demagan bo‘lardim”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb