Yorqin Nazarov: “Bunyodkor”ga omad kulib boqdi

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Bunyodkor” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyir Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jangovar bahs bo‘ldi. Qo‘shib berilgan 5 daqiqaning so‘nggi soniyasida to‘p o‘tkazib yubordik. G‘alaba uchun maydonga chiqqan edik. “Bunyodkor”ga omad kulib boqdi.

Yigitlarning aytishicha, mehmonlarning birinchi golida o‘yindan tashqari holat sodir bo‘lgan. Ammo, offsayddan kiritilgan bo‘lsa ham, hisob o‘zgarmaydi. Shu sabab, bu borada nimadir deya olmayman. Buning bizga foydasi yo‘q. Kelgusi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Superligada oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Ochko olish juda ham qiyin.

“Surxon”ga qarshi bellashuvni tahlil qilib chiqdik. Bir nechta futbolchilarga dam olish imkonini berdik. Shu sababli tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Kimdir ishonchni oqladi. Ularni ko‘rib oldik. Kelgusi bahslarda shunga qarab tarkib tuzamiz. Yosh futbolchilarga barqarorlik etishmaydi.

Murtozayevni amlashtirmoqchi bo‘ldik. U so‘nggi daqiqaga qadar himoyachilarni qo‘rquvda ushlab turdi. Ikkinchi bo‘limda Jumanqo‘ziyev jarohat oldi. Shuning uchun Humoyunni zaxiraga olmadik”, – dedi Nazarov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb