Coca-Cola Superliga 17-turida safarda “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgan “Metallurg” bosh murabbiyi Vesko Steshevich mag‘lubiyat sabablari, foydalanilmagan imkoniyatlar va raqibning vaqt cho‘zmagani borasida fikr bildirdi.
“Yigitlarga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman. Kuchli raqib fonida yomon o‘ynamadik. Vaziyatlar yarata oldik, ammo foydalana olmadik. Birinchi taym tugashi arafasida gol qo‘yib yuborish alamli va bu ruhiyatni tushiradi. Shunga qaramay, bugungi o‘yinimiz menda ijobiy taasurot uyg‘otdi”, - dedi Steshevich.
“Ubaydullayev yaxshi imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Shuningdek, Abdumannonov va O‘rinboyevda ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Jamoamning hatti-harakatlari menga yoqayapti”.
“Ahamiyat qildim, bugun raqib hisobda oldinda borayotgan vaqtda ham o‘yinni cho‘zmadi. Bu haqiqiy sportcha harakat va buning uchun ularga rahmat”.
“Metallurg” avvalgi o‘yinlarga qaraganda ancha o‘zgardi. Turli raqiblarga qarshi biz ham har xil tarzda tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘rinboyev sardor sifatida jamoani oldinga boshlayapti. U maydonda yakkakurashlardan qo‘rqmaydi va jamoasini ortida ergashtira oladi” .