Jamshid Saidov: Superligada kuchsiz jamoa qolmadi

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qizilqum” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Barcha uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Boisi, turnir jadvalidagi o‘rnimiz kishini xursand qilmaydi. Yigitlarga xarakter uchun rahmat aytmoqchiman. “Nasaf” o‘z maydonida bosim qilishini yaxshi bilar edik. Natijadan ko‘nglim to‘ldi. Qo‘lga kiritilgan har bir ochko oltinga teng.

Rahmatov va Kenjaboev ishonchni oqlayaptimi? Ular maydonga tushishmoqdami, demak ha! Ularda poydevor bor.

Bu mavsumdagi natijalarga pulning aloqasi yo‘q. Ligada kuchsiz jamoa qolmadi. Turnir jadvalining yuqorisida ham, quyisida ham kurash kechmoqda. Shu sababli biz hozir shunday ahvolga tushib qoldik. Har bir bahsni huddi so‘nggi o‘yindek o‘tkazyapmiz. Jamoa ligani tark etmasligi uchun oxirigacha kurashamiz”, – dedi Saidov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb