Ro‘ziqul Berdiyev: Superkubokda “Paxtakor”ga ham oson bo‘lmaydi

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qizilqum” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Natija biz kutgandek bo‘lmadi. Raqib yaxshi himoyalandi. Hujumda yorib o‘tishga deyarli imkoniyat topa olmadik. Ba’zi vaziyatlarda omad yuz o‘girdi. Ustunga tengdi, darvozabon yaxshi harakat qildi. Hozir kiyim almashtirish xonasidan keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni boshladik.

Vaziyatni tushunib turibmiz. Ichki muhit joyida. Shoshilganizda, raqib yaxshi himoyalanganida, o‘yiniz chiqmaganida ruhiyatga ta’sir qiladi. Hujumda esa mahorat etishmayapti. Asosiy sabab shu.

Legioner futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshi holatga keltirishga, ularning ruhiyatini ko‘tarishga harakat qilyapmiz. Jamoa ularni yaxshi qabul qildi.

Superkubok bahsi raqib uchun ham oson kechmaydi. Oxirgi o‘zaro uchrashuvlarda yaxshi harakat qilyapmiz. O‘ylaymanki, ushbu bellashuv biz uchun ijobiy yakunlanadi”, – dedi Berdiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb