Kamoliddin Tojiyev: G‘alabani ilib ketishimiz mumkin edi

Coca-Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Paxtakor” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“5 kun ichida ikkita kuchli raqib bilan o‘ynadik. Bugun teng o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv so‘nggida g‘alabani ilib ketishimiz ham mumkin edi. Namanganda hissiyot taraflama qiyin bahs o‘tkazgandik.

Har ikki jamoa hujumkor futbol ko‘rsatishga harakat qildi. Muhim bellashuvlarda gol o‘tkazib yuborishdan hamma qo‘rqadi. Banashak bir yil futbol o‘ynamadi. O‘z formasiga kirib olishi kerak. Xoldorxonovga ham ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni boshlaymiz. Stinvorden va Kuxarchik jarohat sababli maydonga tushmadi”, – dedi Tojiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb