Jamshid Saidov: Bugungi mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman

Coca-Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Metallurg” (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Muxlislar va rahbariyat oldida bugungi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Afsuski, g‘alaba qozona olmadik. Belgilangan penalti o‘yinning burilish nuqtasi bo‘ldi. Vaziyatlar bo‘ldi, to‘p to‘singa, ustunga tegdi. Qandaydir omadsizlik. Kurash davom etadi, oxirigacha harakat qilamiz.

Shukurullaevning jarohat olishi ham o‘yinimizga ta’sir qildi. Mag‘lubiyatda qaysidir futbolchini ayblash noo‘rin. Jamoa mag‘lub bo‘ldimi, murabbiy engilgan sanaladi”, – dedi Saidov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb