Coca-Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Metallurg” (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun eng qiyin o‘yin bo‘ldi. G‘alaba qozonganimizdan xursandman. Turnir jadvalining quyida joylashgan jamoalaridan biroz ilgariladik. Shu sababli kayfiyatimiz juda ham yaxshi.
O‘rinboev bugun hujum chizig‘ida harakat qildi. U o‘zining doimoiy o‘rnida to‘p tepdi. “Metallurg”ning o‘yinlariga e’tibor qilsangiz, u ba’ida ortga qaytib, ba’zida esa chiziqlar orasida harakat qilishiga guvoh bo‘lasiz. U biz uchun juda ham muhim futbolchi.
“Metallurg” bir oila va jamoa. Eronlik futbolchilarni rahbariyat, selektsionerlar bilan birgalikda jamoaga taklif qilganmiz. Umid qilamanki, ular jamoamiz g‘alabasiga o‘z hissalarin qo‘shishadi”, – dedi Steshevich.