Aleksandr Krestinin: Bu g‘alaba o‘z maydonimizdagi dastlabkisi ekanidan xabarim yo‘q edi

Coca-Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Andijon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jamoa va uning muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Ruhan va ortiqcha yuqlama bor edi. Yigitlarga barakalla, irodali g‘alabaga qozondik.

Tairada jarohat bor. Tiklanish jarayonida muhlati qanchaligini aniq ayta olmayman. Asosiysi, tiklanib bormoqda.

Ikromov bugun kutilgan darajada faol bo‘la olmadi. Mashg‘ulotda yaxshi edi, u to‘la kuch bilan o‘yinga ko‘shildi. Lekin o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi.

Men bu o‘z maydonimizdagi birinchi yutug‘imiz ekanligini bilmagan edim. Hammani tabriklayman. O‘yinni o‘z qo‘limizga olyapmiz. Albatta, to‘p bilan ko‘proq harakatlandik, nazorat qildik. Kutilmaganda tezkor gol o‘tkazib yubordik. Ko‘proq to‘p bilan muomala qilib, tashabbus ko‘rsatdik. Ikkala bo‘lim ham bizning tashabbusimiz ostida o‘tdi. Raqib yaxshi jamoa ekan. Tartibli o‘ynadi. Hujumlar tashkil etdi. O‘tgan o‘yinga nisbatan bu safar hammasi o‘xshadi, yana biroz vaqt kerak. O‘yindan-o‘yinga o‘sib boramiz”, – dedi Krestinin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb