Coca-Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Turon” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Asabiy o‘yin bo‘ldi. Suv va havo kabi zarur 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Futbol estetikasi haqida gapirish qiyin. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda. Muhimi, yigitlar g‘alabani saqlab qolishdi.
“Turon” hisobda ortda borayotgan edi va bellashuvni saqlab qolish uchun oldinga katta kuch bilan o‘tishini bilar edik. To‘p uchun ikkinchi qavatdagi kurashlarda yaxshi harakat qildik. Biz ularning hujumlariga tayyor edik.
Tursunovning texnikasi kuchli, tezligi va futbol intellekti yaxshi. Agentlar uning ushbu jihatlarini payqay olishgan. Bugungi kunda o‘zbek futbolchilariga bo‘lgan talab xorijda oshgan. Bu futbolimiz, Superligamiz o‘sayotganidan dalolat beradi. Taklif bo‘ldi, bordi. Uning harakatlari murabbiyga ma’qul kelgan. Ular bilan aloqada bo‘lib turibdi. Tursunovni kelgusi yil Evropada ko‘ramiz deb umid qilaman.
Ha, Potapov quruq o‘yinlar soni bo‘yicha Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ammo futbol jamoaviy sport turi. U xuddi soatga o‘xshaydi. Soatning biror bo‘lagi bo‘lmasa, u ishlamaydi. Futbolda ham xuddi shunday. Jamoa g‘alaba qozonsa, barcha g‘alaba qozonadi. Kimdir oy laureati bo‘lsa ham, bu butun jamoaning ham mehnati sanaladi”, – dedi Arslonov.