Yorqin Nazarov: Jamoamni bugun tanimadim

Coca-Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Turon” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilarning bir nechtasi ketma-ket qo‘lga kiritgan g‘alabalarimizdan so‘ng “Surxon”ni ham yengdik, deb maydonga chiqishdi. Shu sabab birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay olmadik. Tanaffusda qilingan o‘zgarishlardan so‘ng nisbatan yaxshi harakat qillik, vaziyatlar yaratdik. Ammo, gol kirita olmadik. Yoshlar bilan ishlash yaxshi, biroq ular stabil emas. Bir bahsda yaxshi o‘ynaydi, boshqasida unday emas. Dastlabki taymda jamoamni tanimadim.

Bu mavsum “Surxon”da yoshlar to‘p tepmoqda. Murabbiylar ham yosh, o‘z ustilarida ishlashmoqda. O‘tgan yilgi “Surxon”da esa ispaniyalik mutaxassislar ishlagan edi. Ular bizning mentalitetni tushungunlaricha vaqt ketib qolgan edi. Hozirgi jamoa yaxshi ekanligini turnir jadvali ham ko‘rsatib turibdi.

Ligada jon saqlab qolish uchun imkoniyat bor. Bu yilgi asosiy maqsad ham shu. Oxirigacha kurashamiz”, – dedi Nazarov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb