Ivan Boshkovich: Vaqtni cho‘zishga ko‘rsatma bermaganman

Coca-Cola Superliga 16-turi doirasida safarda “Neftchi” bilan durang o‘ynagan “So‘g‘diyona” klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘yin jangovar kechgani, sariq kartochkalar, Zaymovich va temp haqida fikr bildirdi.

“Barchaga yoqadigan, asabiy va jangovar o‘yin bo‘ldi. Murabbiylar uchun ham, futbolchilar uchun ham asabiy o‘yin bo‘ldi. Albatta, natija uchun o‘ynayn olishimizni ham ko‘rsata oldik. Yakkakurashlarda va havodagi kurashlarda ham jang kechdi. “Neftchi” kuchli jamoa ekanini isbotladi. Jamoa yuqori o‘rinlar uchun kurashayapti va ular bunga loyiq ekanini ko‘rsatishdi. Hatto chempionlik uchun ham kurasha oladilar”, - dedi Boshkovich.

“Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib maydondagi vaziyatlarni doimo to‘g‘ri baholab bo‘lmaydi. Balki futbolchilar o‘zlari xato qilishgandir. Sariq kartochkalar? Ha, bugun ko‘p ogohlantirish oldik. Men hakamlarning ishiga aralashmayman”.

“Zaymovich barcha kabi asabiylashgani uchun sariq kartochka oldi. Haqlimi yoki haqli emasmi, bilmayman. Aytganimdek, asabiy va jangovar o‘yin bo‘ldi”.

 “Men atayin futbolchilarga vaqtni cho‘zishga ko‘rsatmay bermayman. Bu charchoq va boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayrim vaziyatlarda tempni tushirishga majburmiz. O‘yin muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi, ammo ayrim vaziyatlarda ikki jamoa futbolchilari ham asabiylashishdi. Ayrim holatlarda futbolchilar toza o‘ynashmadi”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb