Coca-Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan OKMK – “Olimpik” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Muhimi natijaga erishdik. Qolaversa, tezkor va qiziqarli, shuningdek, qarshi hujumlarga boy uchrashuv bo‘ldi. “Olimpik” jamoasiga qarshi to‘p tepish oson emas. Yaxshi yigitlardan iborat jamoa sanaladi va qiyinchilik tug‘dirishdi. Oxirgi 15 daqiqada natija uchun harakat qildik.
Gadoev himoyadan hujumga yaxshi qo‘shiladi. Shu sabab Shoxruhni himoyada o‘ynatdik. Komilov jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi va biroz vaqt kerak.
Haqnazariyda ham jarohat bor. Kichik jarohat, ammo shu kichik jarohat kattalashib ketmasligi uchun, Siyavash qaydnomaga kiritilgan bo‘lsa-da, maydonga tushirmadik”, – dedi Qosimov.