So‘nggi ikki kun davomida Liga mutaxassislari OKMK stadionida bo‘lib, yorug‘lik lyukslarini o‘rgandi. 8-avgustga o‘tar kechasi yorug‘lik darajasi 1400 lyuksga yetkazildi.
OKMK bu bilan Chempionlar ligasining saralash uchrashuvini o‘tkazishga haqli. Biroq Superliga va Chempionlar ligasining guruh bosqichi uchun 1400 ko‘rsatkichi kamlik qiladi. Shundan kelib chiqib, stadionda sozlash va qo‘shimcha texnika o‘rnatish ishlari faol davom etmoqda.
Rejaga ko‘ra, 11-avgust kuni OKMK Olmaliqda Superliganing 16-turi doirasida “Olimpik”ni qabul qiladi. Mazkur bellashuvga qadar Liga mutaxassislari o‘zgarishlar asosida projektorni qayta o‘rganadi. Kelishuvga ko‘ra, talab etilgan ko‘rsatkich 1-avgustga qadar shay bo‘lishi kerak edi. Biroq ba’zi omillar bunga halal berdi. Endilikda avgust oyi davomida barcha masala hal etilishi yuzasidan kafolat berilgan.
Maydon maysasi esa rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga allaqachon tayyor. O‘tgan vaqt davomida OKMK mazkur maydonda ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib ham ulgurdi. Shundan kelib chiqib, Liga istisno tariqasida “Olimpik” bilan bellashuvni Olmaliqda o‘tkazadi.