Aleksandr Krestinin: Oddiy vaziyatda to‘p o‘tkazib yubordik

Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – OKMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin so‘nggida hisobni tenglashtirdik, bu yaxshi. Ammo butun uchrashuv haqida gapiradigan bo‘lsak, dastlabki va oxirgi 20 daqiqalikda yaxshi harakat qildik. Yana o‘sha vaziyatlarni golga aylantirish masalasida oqsadik. Uch bor to‘p darvoza ustuniga tegdi. Ishlashda davom etish kerak.

Marchich bugun ilk o‘yinini o‘tkazdi. U jamoaga moslashib olishi zarur. Boisi, hozir o‘zining eng yaxshi holatida emas. Evropada mavsum yakunlandi, bizda esa davralar oralig‘i tugadi.

G‘alabasiz seriya jamoa o‘yiniga ta’sir qildimi? Menimcha, ha. Qanday xatolarga yo‘l qo‘yyatganimizga qarang. Juda ham oddiy xatolar. Futbolchilar bilan bu masalada gaplashdim. Echim izlayapmiz. Bu erda gap psoxologiyada. Biz jismoniy jihatdan, o‘yin tomonlama ham tayyormiz. Bu masalani ishlash orqali hal qilish mumkin. Ya’ni, individual suhbatlar va boshqalar. Bu masala hal qilinsa, natija bo‘ladi. O‘yindagi ishonchli harakat natijaga olib keladi.

Natijadan qoniqmadim. To‘g‘ri, biz tajribali jamoaga qarshi o‘ynadik, ammo o‘z maydonimizda. Birgina futbolchi barchasini narsani hal qila olmaydi. Butun jamoa intilishi kerak. Ikromov bugun oldingisiga qaraganda yaxshi harakat qildi. Uning darajasini yaxshi bilamiz va u hali o‘sha darajaga etmadi. Albatta, bu tushunarli. Boisi, yarim yil o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. Unga biroz vaqt kerak”, – dedi Krestinin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb