Ivan Boshkovich: Bunday o‘yinlar Superligada doim ham kuzatilmaydi

Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “So‘g‘diyona” (3:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“6 ta gol kiritildi va uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar mamnun holda stadionni tark etishdi, deb o‘ylayman. Ikkala jamoa ham bellashuv so‘nggiga qadar g‘alaba uchun harakat qildi. Bunaqasi O‘zbekistonda doim ham kuzatilavermaydi. Afsuski, o‘z qo‘limizdagi g‘alabani boy berdik. Albatta, bu futbol va “Olimpik” ham yaxshi harakat qildi.

Birinchi bo‘lim uchun qilgan rejamizning barchasini ham amalga oshira olmadik. E’tibor etishmadi, o‘tkazib yuborilgan ikkinchi golda ham to‘p o‘zimizda edi. Ikkinchi bo‘limda esa ochiq, dinamik kurash bo‘ldi va nisbatan yaxshi harakat qildik. Vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Men raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, durang uchun himoyalanishni istamayman. Mening jamoam doim g‘alaba uchun maydonga tushadi. Jizzaxga kelganimda oldimga raqobatbardosh jamoa shakllantirish vazifasi qo‘yilgan edi. Hozir “So‘g‘diyona” o‘sishga erishdi. Jamoa to‘pni nazorat qilish, zarbalar soni, uzatmalar va boshqa jihatlar bo‘yicha Superligada hozir kuchli uchlikka kiradi. Men hujumkor futbol tarafdoriman.

Men doimo tezkor va shu bilan birga dinamik futbol tarafdoriman. Uchinchi goldan so‘ng tempni biroz tushirishimiz kerak edi, ammo buni amalga oshira olmadik”, – dedi Boshkovich.

mib
uzcard
cola
apex
bmb