Mirjalol Qosimov: Bizga ikkinchi gol yetishmadi

Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – OKMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida juda ham sust o‘yin ko‘rsatdik. Ammo taymning qolgan yarim soatida o‘z darajamizni namoyish qildik. Ikkinchi bo‘limda esa golga qadar yaxshi harakat qildik. Tushunarsiz tarzda yana imkoniyatlardan foydalana olmadik. Do‘stlik g‘alaba qozondi. Bizga ikkinchi gol yetishmadi. Hujumchilar masalasida muammolar bor. Umuman, to‘purarlar jadvaliga qarasak, birorta o‘zbek futbolchisini ko‘rmaysiz.

Har bir o‘yin shiddatli o‘tmoqda. “Metallurg” – “Navbahor” va “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvlari yuqori saviyada o‘tdi. “Turon” ham g‘alaba qozondi. Futbol shunisi bilan ham qiziq. Turnir jadvaliga nazar solsak, juda ham zich ekanini ko‘ramiz. Shunday ekan, bizni avgust va kuzda juda ham qiziqarli bahslar kutib turibdi”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb