Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Qator mag‘lubiyatlardan so‘ng jamoa ruhiy jarlikda edi. Ketma-ket ikki bellashuvning so‘nggi daqiqalarida to‘p o‘tkazib yubordik. O‘yinimiz qolgan bahslar singari chiroyli bo‘lmasa-da, muhimi 3 ochkoga ega chiqdik. 3 kun oldin kubok doirasida maydonga tushdik. Shu sabab, futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha raqib ustun edi. Tiklanish qiyin bo‘ldi, ammo yigitlar bo‘shashganlari yo‘q. Oldinda uzoq yo‘l kutib turibdi. Asosiy maqsadimiz jamoani ligada saqlab qolish.
Hafta o‘rtasida kubok o‘yinida ham maydonga tushganimiz sababli Stanisavlevich va Xolto‘raevni zaxiraga oldik. Ularning jismoniy holatida muammo bo‘lgani uchun almashtirdik. Bu taktik o‘zgarish edi.
Ikich yuqori darajali futbolchiligi ko‘rinib turibdi. Jamoa nolga o‘ynadimi, demak u yaxshi harakat qildi”, – dedi Baqoyev.