Kamoliddin Tojiyev: Bugungi bahs bitta golga qadar edi

Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Neftchi” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi bahs bitta golgacha bo‘ldi. Raqib jamoa himoyachilari bizni jarima maydoniga yaqinlashtirishmadi ham. Rikoshetdan so‘ng to‘p o‘tkazib yubordik.

Yozda amalga oshirgan transferlarimizdan to‘liq qoniqdik. Ularning jamoaga qo‘shilib ketishi uchun vaqt kerak va hammasi o‘z o‘yinini topib ketadi.

Bugungi bahsda rikoshet sabab to‘p o‘tkazib yubordik. Yangi darvozabonga esa yuqorida ta’kidlaganimdek, biroz vaqt kerak.

Fayzullaevga taklif chiqdi va u jamoamizni tark etdi. Nima bo‘lganda ham, uning uchun o‘sish bo‘ldi. Abbos bizni norozi qilmadi, ammo uning jamoada qolishini istar edik.

Stinvordenning o‘yinlarini ko‘rib, tahlil qilib chiqqanmiz. “Paxtakor”da bosim kuchli va hamma ham tezda kirishib, o‘ynab keta olmaydi.

Og‘ir taqvim bizni kutib turganini bilar edik va shu sabab yig‘in o‘tkazdik. Birinchi davrada zaxirada futbolchilar etishmayotgan edi. Hozir esa bu borada muammo yo‘q”, – dedi Tojiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb