Ro‘ziqul Berdiyev: Bugun jamoamni taniy olmadim

Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Nasaf”(1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turon” bugun katta ishtiyoq evaziga haqli g‘alabaga erishdi. Ularning goliga qadar ikkita vaziyatdan foydalanganimizda vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Jamoamni bugun taniy olmadim. Bugungi natija ko‘ngilni xira qildi.

Qanotlarda faol bo‘lmagani, hujumlarda kam harakat qilgani va Jumanqo‘ziev bilan yakkakurashlarda passiv o‘ynagani Muhammadievni birinchi bo‘limdayoq zaxiraga oldim.

Legionerlarga hali biroz vaqt kerak. Jamoamizni oldinda hali juda ham ko‘p uchrashuvlar kutib turib. Biz ularni raqobat muhiti yaratish uchun taklif qilganmiz. O‘ylaymanki, kelgusi bahslarda ular jamoaga yordam berishadi.

“Turon” bilan kubok doirasida ham to‘qnash kelamiz. Ammo, unga qadar ko‘plab bellashuvlar bizni kutib turibdi”, – dedi Berdiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb