Yorqin Nazarov: G‘alabalarimiz tasodif emas

Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Nasaf”(1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“10 kun ichida 3 ta bahsda maydonga tushdik va futbolchilar charchab qolishlaridan xavfsirab turgan edim. Ammo shogirdlarim oxirigacha sabr qilishdi. “Nasaf” yurtimizdagi eng barqaror jamoa sanaladi. Juda ham qiyin g‘alabaga erishdik.

Qur’aga ko‘ra, kubokda “Nasaf” bilan yana to‘qnash kelamiz. Ochig‘i, qarshiliklar bilan to‘qnash kelishni istamagan edik. Biroq, bu qur’a. Ushbu bellashuvga ikki karra ko‘p kuch bilan tayyorlanamiz.

G‘alabalar tasodifmi? Hozir biz uyda ham, safarda ham ochko olishimiz zarur. Shu sabab, bunday gaplarga vaqt yo‘q. Buxoroda ham tasodifan g‘alaba qozonganimiz yo‘q. Superligadagi o‘rnimizni saqlab qolish uchun bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi.

Vodiyda muxlislar tashrifi ko‘p bo‘ladi va bu futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Yaypanda muxlislik o‘zgacha, men ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Taqvim zich. O‘yinlar ko‘p va hali “Surxon”ga qarshi bahs haqida o‘ylamadik. Ularni endi o‘rganib chiqamiz”, – dedi Nazarov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb