Samvel Babayan: “Paxtakor” bilan o‘yinga odatiy rejimda tayyorlanamiz

Coca-Cola Superliga 15-turi doirasida safarda “Metallurg” bilan durang o‘ynagan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan durang, xatolar, jamoa so‘nggi o‘yinlarda kam gol urgani va navbatdagi raqib haqida fikr bildirdi.

“Bekobodda bizni qiyin o‘yin kutib turganini bilardik. Ular quyi pog‘onalarda borayotgani uchun bizga qarshi katta motivatsiya bilan maydonga tushishdi. Ularga ochko kerak edi. Jamoam deyarli so‘nggi daqiqalargacha o‘yinga tanlangan rejani ushlab qoldi. Faqat so‘nggi daqiqalarda ko‘plab xatolar qilganimiz tufayli gol o‘tkazib g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Qolaversa, raqib so‘nggi soniyalargacha kurashgani tahsinga sazovor. Aybni avvalo o‘zimizdan qidirishimiz kerak. Kamchilik va xatolar ustida ishlaymiz”, - deydi Babayan.

“O‘yin oxiridagi qizil kartochkani ko‘rib chiqishimiz kerak. O‘yinni kuchaytirish uchun maydonga tushgan futbolchi qizil kartochka olayapti. Uning harakatlarini ko‘rib chiqamiz, bu yaxshi vaziyat emas”.

“Kam gol urishni reja qilmaganmiz. O‘yinlarga bunday tavsiya bermayman. Vaziyatlar etarlicha yaratilmoqda, ammo ularni golga aylantirishda qiynalayapmiz”.

“Biz atayin vaqt cho‘zmadik. Bugungi to‘xtalishlar jarohatlar tufayli yuzaga keldi. Shifokorlar aralashuvi talab etildi”.

“Paxtakor” bilan o‘yinga boshqa jamoalarga qarshi o‘yinlarga tayyorlangandek odatiy rejimda tayyorlanamiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb