Sergey Arslonov: Mezbon jamoa muxlislari bizni esankiratib qo‘yishdi

Coca-Cola Superliga 15-turi doirasida safarda “Andijon” bilan durang o‘ynagan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov, natija, mezbon jamoa muxlislari, qizil kartochka va Nimeli haqida gapirdi.

“Bunday atmosferada futbol o‘ynash yoqimli, ammo shunga yarasha qiyin ham. Bugun mezbon jamoa muxlislari fantastik perfomans tashkil etishdi. Bu mezbon jamoaga qanchalik yoqsa, bizga shunchalik qiyinchilik tug‘dirdi. Raqib bugun ajoyib o‘ynadi va bunday o‘yinda durang yomon natija emas. Bir kishi kam o‘ynab durangni ushlab qolgani va o‘yinda matonat ko‘rsatganlari uchun yigitlarimga rahmat”, - deydi Arslonov.

“Maydonda kamchilik bo‘lib qolganimiz taktika o‘zgarishiga olib keldi. Bu futbolchilarning maydondagi pozitsiyalari o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Futbolchimiz chetlatilgach, Nimeli o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Uning bugungi harakatlari menga manzur bo‘ldi”.

“Bugungi vaziyatlardan kelib chiqsak, durang balki adolatli natija deya olaman. Hozir ikkinchi davradagi har bir ochko muhim. Bugun bir kishi kam bo‘lib yaxshi o‘yin namoyish etdik. Yigitlar harakter namoyish etishdi, asosiysi shu”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb