Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Surxon” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ikki jamoaning to‘qnashuviga guvoh bo‘ldik. Mavsum boshida men “Surxon” bilan turnir jadvalida yonma-yon turamiz, deb o‘ylamagandim. Birinchi davrada 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragandik. Bu o‘yinda esa ular qimmatli bo‘lgan bir ochkoni qo‘lga kiritishdi, deb o‘ylayman. Biz esa g‘alaba qozonishni juda ham xohlagandik. Raqib yaxshi o‘yini bilan durangga erishdi. Tarkibiga nazar solsak, bir qancha yosh o‘yinchilari borligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. “Surxon” bejizga bunday o‘rinda ketmayotganligini ko‘rsatib qo‘ydi. Biz juda ko‘p narsani istagandik, ammo hujumda hech nimani eplay olmadik. Raqib qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. O‘yinning katta qismida raqib himoyalandi va qarshi hujumlarda harakat qildi. Xavfli hujumlar uyushtirdik, baribir ko‘zlangan maqsadga erisha olmadik.
Bubanyaning jarohati bor edi. Bugungi kunda tiklanish bilan band. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Boshnyak jamoamizga kecha qo‘shildi. Qanotlarni yanada kuchaytirish maqsadida uni safimizga qo‘shib oldik. Jamoamizga moslashish arafasida. Umid qilamizki, u ham Hebayga o‘xshab tezda qo‘shilib ketadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Lekin afsuski, bugungi bahsda muxlislarimizni g‘alaba bilan xursand qila olmadik. Oldinga intilamiz, xatolarimizni to‘g‘rilaymiz va keyingi o‘yinlarda yaxshi natijalarga erishishga harakat qilamiz.
To‘g‘risini aytsam, bugungi raqib ancha qiziqarliroqqa o‘xshadi. Bugun yutishni juda ham xohlagandik. Chunki jamoaning maqsadi bor, asosan yoshlar bilan shakllangan. Bosh murabbiy ham tajribasini oshirib, yoshlarga imkoniyat berayotgani ko‘rinib turibdi. “Nasaf” bilan o‘yin tarixga aylangan. Endi bu borada biror nima deya olmayman. Yana qaytaraman: g‘alaba qozonishni juda istagandik. “Surxon” bejizga turnir jadvaliga yaxshi o‘rinlarda emas”, – dedi Xomyakov.