Vesko Steshevich: Chempionlik uchun kurashayotgan jamoaga taslim bo‘lmadik

Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Navbahor” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Raqib o‘yinni yaxshi boshladi. Gol kiritilgan vaziyatda e’tiborni yo‘qotdik. Boisi, chetlatish sodir bo‘ladimi yoki yo‘q, kutib qoldik va yakunda standart vaziyatdan to‘p o‘tkazib yubordik. Birinchi bo‘limda yomon harakat qildik. Ochig‘ini aytganda, biz chempionlik uchun kurashayotgan jamoaga taslim bo‘lmadik.

Ne’matjonov jarohatini yangilab oldi va shu sabab uni zaxiraga oldim. Uning holati haqida gapiradigan bo‘lsam, eski jarohati bezovta qilgan bo‘lsa, bu anchagina jiddiy.

Eronlik futbolchilar haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, ularda chempionat mayda yakuniga etgan edi. O‘zbekistonga kelgach, birining sog‘lig‘ida muammolar kuzatildi. Ikkinchisi esa jamoaga biroz kech qo‘shildi”, – dedi Steshevich.

mib
uzcard
cola
apex
bmb