Coca-Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jangovar uchrashuv bo‘ldi. Birinchi bo‘limda yaxshi futbol ko‘rsatdik. “Bunyodkor” o‘ylaganimdan yaxshiroq harakat qildi. To‘pni yaxshi nazorat qilishdi. Biroq men ularning kuchsiz jihatlarini bilaman, futbolchilarni yaxshi taniyman. Ikkinchi bo‘limda biroz ortga qaytib harakat qildik. Tavakkal qilishni istamadik. Butun jamoamiz yaxshi himoyalandi, haqli g‘alabaga erishdik.
Bellashuvga qadar ko‘pchilik sobiq jamoamga qarshi uchrashuv ekanligi haqida yozishdi, o‘qidim. Odatiy bahs singari tayyorgarlik ko‘rdik. Bu to‘g‘ri yondashuv bo‘lganini natija ko‘rsatib turibdi. Albatta, 3 yil ishlagan jamoaga qarshi o‘yinda biroz g‘alati hissiyotlar bo‘ldi. Ammo, bu futbol, men esa professionalman, ilgari futbolchi sifatida, hozir esa murabbiy sifatida.
Transfer oynasida asosan yosh futbolchilarga e’tibor qaratdik. Bir nafar legioner oldik, kuni kecha esa Yoqubov kelib qo‘shildi. Yosh futbolchilar o‘sishga erisha oladi va “So‘g‘diyona”ga hali ko‘p yordam berishadi.
Men Doriyevni yanvar oyidan buyon kuzatib boraman. Biz u bilan bir yarim yillik bitim tuzdik. Jamoaga kirishib ketganidan so‘ng u jamoamizni kuchaytira olishiga ishonaman”, – dedi Boshkovich.