Coca-Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Afsuski, muxlislarni xursand qila olmadik. Futbolchilarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bizga bugun omad yetishmadi.
Ikkinchi bo‘limda Kenjaboev sariq kartochka olishidan qo‘rqdik. Uning hisobida uchta kartochka bor. Kelgusi turda bizni “Buxoro”ga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Shu sababli biz uni asrashga harakat qildik.
Yangi futbolchilar ko‘rsatgan o‘yindan qoniqish hosil qildim. Umuman olganda, bellashuv qiziqarli o‘tdi.
Birinchi bo‘limda ko‘plab imkoniyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Shogirdlarim yaxshi harakat qilishdi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, bizga omad etishmadi.
Simonovski jamoaning asosiy hujumchisi sifatida qoladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. Biroq hozircha u “Qizilqum”ning hujumdagi asosiy figurasi”, – dedi Saidov.