Maksim Shatskix: Hamraliyev bilan gaplashib oldik – hammasi yaxshi

Coca-Cola Superliga 14-turida safarda “Olimpik”ni mag‘lub etgan “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shatskix g‘alaba, Hamraliev, transfer oynasi va Fayzullaev haqida fikr bildirdi.

“Bugun jismonan charchab qolmaslik kerak edi. Jamoaning jismoniy holatidan ko‘nglim to‘q. Shunchaki, taktik jihatdan ham yaxshiroq o‘ynashimizni istagandik. Buni uddaladik. Raqibdan ancha keskinroq o‘ynadik va haqqoniy g‘alabaga erishdik”, - dedi murabbiy.

“Hamraliyev bilan gaplashib oldik. U juda yaxshi futbolchi. Aqlli va kelajagi bor o‘yinchi. Bu yoshda bunday xatolar qilishi tabiiy. Hayolidagi negativ narsalarni chiqarib tashlashini maslahat berdim”.

“Transfer oynasida o‘zimiz istagan futbolchilarni oldik deya olaman. Endi oladigan bo‘lsak, faqat mahalliy futbolchilardan olamiz. Legionerlar uchun limitimiz tugadi”.

“Abbosning jamoadan ketishi kutilmagan jarayon emas. Buni kutgandik. U bilan bungacha gaplashdik. Ammo, ketishi bu uning tanlovi. Unga faqat omad tilayman”.

“Jamoaning barcha chizig‘ida raqobat bor deya olaman. Yangi olib kelgan darvozabonimizning harakatlari meni ancha quvontirayapti. Bu Quvvatovga ham yetarli motivatsiya. Umuman olganda, boshqa chiziqlarda ham raqobat yetarli”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb