Coca-Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Andijon shahriga katta futbol qaytgani bilan barcha hamshaharlarimizni tabriklayman. Muxlislar bu kunni uzoq kutishdi. Bugun g‘alaba qozonishni istagan edik. Kurashlardan iborat asabiy uchrashuv guvohi bo‘ldik. Shu sabab va qolaversa, maydonning holati bois qo‘lga kiritilgan 1 ochkodan qoniqish hosil qilish mumkin. Ochilish bahsida OChLda ishtirok etadigan raqibdan ochko oldik va bu yoqimli”, – dedi Xomyakov.