Ro‘ziqul Berdiyev: Transfer oynasi yakuniga qadar yana bir futbolchi safimizga qo‘shiladi

Coca-Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuv ajoyib atmosfera ostida o‘tdi. Bugun jang bo‘lishi kutilgan edi va amalda ham shunday bo‘ldi. Qisman tashabbus bizda bo‘ldi. Vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, ammo gol kirita olmadik. “Andijon” o‘z muxlislari qarshisida yaxshi himoyalandi. O‘ylashimcha, ularni 1 ochko qoniqtiradi. Maydon holati buguni bellashuvning borishiga ham ta’sir o‘tkazdi.

Jigauri nazorat bahslarida ham ishtirok etdi va shu sabab unga imkon berdik. Chavez esa jamoamizga biroz kech qo‘shildi. Uning jismoniy holatini yaxshi ko‘rinishga keltirishimiz kerak. Qizil kartochka haqida gapiradigan bo‘lsam, gruziyalik futbolchilar odatda qiziqqon bo‘ladi va u bugun provokatsiyaga uchradi.

Transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolmoqda. Yana ikki futbolchini tarkibga qo‘shishni rejalashtirgan edik. Lekin kamida bir futbolchini o‘z safimizga qo‘shib olamiz. 31-iyulga qadar ushbu transfer amalga oshadi.

Ba’zi uchrashuvlar bo‘ladi, vaziyatlar yarata olmaysiz va durangni to‘g‘ri qabul qilish mumkin bunda. Bugun esa golga juda ham yaqin keldik. Shu sabab natijadan qoniqmadi”, – dedi Berdiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb