Liga komissarlari elektron qaydnoma tartibiga o‘tish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi

Liga Superliga va Pro liganing ikkinchi davrasidan boshlab yangi tartibdagi elektron qaydnomalarga o‘tishi ma’lum qilingandi. Bu yo‘lda komissarlar uchun birinchi davra yakunlariga bag‘ishlangan hamda yangi qaydnomani to‘ldirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. 

Seminarda birinchi davra davomida kuzatilgan holatlar muhokama etilib, komissar vazifalari xalqaro tajribadagi misollar bilan ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishning ikkinchi qismida esa yangi qurilmalar asosida elektron qaydnoma to‘ldirish jarayoni tushuntirib o‘tildi. Endilikda Superliga 14-tur bellashuvlari startiga qadar komissarlar o‘zlari ishlagan birinchi davra uchrashuvlari qaydnomasini yangi uslubda to‘ldirishga harakat qilib boradi.  

Bungacha start list tayyorlash va keyinchalik qaydnomani imzolashgacha bo‘lgan vaqt 30-40 daqiqani tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda yangi turdagi litsenziyalar yordamida MyLeague platformasi orqali qaydnoma onlayn to‘ldiriladi. Murabbiy, komissar va hatto hakamlar ham o‘z litsenziyasi orqasi onlayn imzo chekish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Shu yilning yanvar oyidan boshlab futbol klublariga mikrochipli litsenziyalar taqdim etilgan bo‘lib, ularda futbolchi haqida kerakli ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Endilikda komissar o‘yin oldidan start list va uchrashuv yakunlangach qaydnomani xuddi shu mikrochipli litsenziyalar yordamida bir necha daqiqa ichidagina to‘ldiradi va imzolaydi. Dunyoning yetakchi ligalari musobaqani boshqarishning shu kabi onlayn tizimi (Competition Management System) dan foydalanmoqda. O‘zPFL hamkorlik qilayotgan MyLeague onlayn tizimi mikrochipli litsenziyalardan foydalanadigan dastlabki zamonaviy platformalardan biriga aylandi.

zoxir akramxonov

mib
uzcard
cola
apex
bmb