Liga 2023-yildan boshlab futbolchi, murabbiy va rasmiylar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagandi. Bu biz uchun masofalarni qisqartirdi. Bungacha har qanday klubi vakili Liga ofisiga kelishi shart edi, endi esa klublar dunyoning istalgan nuqtasidan turib onlayn bazaga ma’lumotlar yuklay olmoqda.
Mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab Liga komissarlari uchrashuv qaydnomasini to‘ldirishni ham yangi bosqichga olib chiqadi. Bungacha start list tayyorlash va keyinchalik qaydnomani imzolashgacha bo‘lgan vaqt 30-40 daqiqani tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda yangi turdagi litsenziyalar yordamida qaydnoma onlayn to‘ldiriladi. Murabbiy, komissar va hatto hakamlar ham o‘z litsenziyasi orqasi onlayn imzo chekish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu yilning yanvar oyidan boshlab futbol klublariga mikrochipli litsenziyalar taqdim etilgan bo‘lib, ularda futbolchi haqida kerakli ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Onlayn qaydnoma, futbolchilar ma’lumotlari va bazalarida yildan-yilga mukammalashtirib borilishi ko‘zda tutilgan. MyLeague platformasi tez orada Osiyoning grand mamlakatlari bilan raqobatlasha oladigan darajaga chiqishi ko‘zda tutilgan.