Liga mutaxassislari “Bobur arena”da bo‘ldi

Andijondagi “Bobur arena” Liga talab qilgan ko‘rinishga kelishi yo‘lida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sabab klub birinchi davradagi uy uchrashuvlarini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida qabul qildi. 

12-iyul kuni Liga mutaxassislari “Bobur arena”da bo‘ldi. Ayni paytda stadionda ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Maydonning sug‘orish va drenaj tizimi to‘liq yangilangan bo‘lib, maydonda o‘sib turgan yangi maysa yaxshi holatda. 

Endilikda media tribunani kengaytirish, VIP tribuna va zaxira o‘rindiqlarini kengaytirish, ularni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, matbuot anjumani xonasini jihozlash, o‘yin davomida jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazishi uchun maxsus joylarni hozirlash, kameralar o‘rnatiladigan joylarni tayyorlash ishlari davom etmoqda. 

Yakuniga yetkazish muhim bo‘lib turgan yana bir masala — projektor lampalarini Andijonga olib kelish va stadionga o‘rnatish ishlari bo‘lib turibdi. Kelishuvga ko‘ra, projektor mavsum avvalidayoq tayyor bo‘lishi kerak edi. Biroq bu borada shartnoma tuzish ishlari biroz cho‘zildi. Bugunga kelib barcha shartnomalar imzolangan bo‘lib, endilikda tegishli texnikaning xorijdan kirib kelishi ishlari davom etmoqda. 

Liga “Andijon” ikkinchi davradan boshlab “Bobur arena”ga qaytishi yo‘lida klub hamda unda ish olib borayotgan korxonalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar bir haftadan so‘ng Andijonga qayta keladi hamda projektorlarni nazoratdan o‘tkazadi. Uning o‘sha kundagi holatidan kelib chiqib, Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Nasaf”ga qarshi bellashuvning qaysi stadionda o‘tkazilishi masalasiga oydinlik kiritiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb