Yorqin Nazarov: “Turon” faoliyatini davom ettiradi

Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Turon” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Tomoshabop futbol guvohi bo‘ldik. Mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Raqibda ham, bizda ham qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Shu sabab, bugungi durang natija adolatli bo‘ldi.

Jamoaning kelajagi borasidagi qarorlar yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi. Agar, hozirgi tarkib saqlab qolinadigan bo‘lsa, ularning yoniga 3-4 nafar futbolchi qo‘shib, ikkinchi davraga tayyorlanamiz. Moliyaviy imkoniyatlar cheklanadigan bo‘lsa, U21 va U19 jamoasidagi futbolchilardan foydalanamiz. “Turon” nafaqat mavsumni yakunlaydi, kelgusi mavsumda ham faoliyatini davom ettiradi.

Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q edi va g‘alaba uchun kelgan edik. Debyut bahsimda durang qayd etildi. Umid qilamanki, g‘alabalar hali oldinda.

Bekobodga kelishimizdan oldin jamoa bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdik va yigitlar 50-60 foiz ko‘rsatmalarni bajarishdi. Hali o‘z ustimizda ishlashimiz lozim. Uchrashuv so‘ngida jismoniy jihatdan toliqib qoldik. Taktik jihatdan ham ba’zi kamchiliklar ko‘zga ko‘rindi”, – dedi Nazarov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb