Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Bunyodkor” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Yigitlar topshirilgan vazifani a’lo darajada bajarishdi va g‘alaba qozonganimizdan xursandman. 7 iyuldan Dukentda ikki haftalik yig‘inga kirishamiz. Yig‘in davomida yangi futbolchilar kelib qo‘shilishadi. Jamoani yaxshi tayyorlashga va oxirigacha harakat qilishga intilamiz.
Klubga kelgach, jamoa sifatida birlashishga harakat qildim. Taktika borasida ham o‘zgarishlar amalga oshirdim. Raqiblarni o‘rganyapmiz, harakat qilyapmiz. Futbolchilar ko‘rsatmalarni yaxshi bajarmoqda.
Ikkinchi davra oldidan tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Nafaqat tarkib, balki o‘yin uslubi borasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ikkinchi davra qiziq o‘tadi”, – dedi Saidov.