Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Bunyodkor” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Murod Otajonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uchrashuv biz uchun og‘ir o‘tdi. Hujumda o‘ynash og‘irlik qildi. Tezroq harakat qilishimiz kerak edi. “Qizilqum”ga ham, bizga ham ochko zarur edi. Ular bugun yaxshiroq harakat qilishdi.
Direktorimiz futbol ichidagi inson. Birinchi davra yakunlandi. Endi vaziyatni tahlil qilib, tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Gol kirita olmayapmiz, to‘p bilan tezroq harakat qiladigan futbolchi zarur.
Yo‘ldoshev qo‘lidan kelganicha harakat qildi. Jarohatdan forig‘ bo‘lib, endi maydonga qaytdi. O‘tgan bellashuvda ham 60 daqiqa harakat qildi. Penaltini golga aylantira olmadi, ammo buning yomon jihati yo‘q. Futbolda uchrab turadigan holat. Unga nisbatan e’tirozlarim yo‘q.
Ivanovich davralar oralig‘idagi yig‘inga shay holatda etib keladi. Unga ham katta ishonch bildiryapmiz va safga qaytishini kutmoqdamiz. Ikkinchi davra oldidan tarkibga yangi o‘yinchilarni jalb qilishga harakat qilamiz”, – dedi Otajonov.