Maksim Shatskix: Agressiya yetishmadi

Coca Cola Superliga 8-turida o‘z uyida “Andijon” bilan durang o‘ynagan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix jamoa o‘yiniga agressiya etishmagani, Hamrobekovning himoya markazidan o‘rin olishi, jamoaga yangi qon kerak ekani va rejadagi transferlar haqida fikr bildirdi.

“Bugun bizga biroz agressiya yetishmadi. Hujumchilarimiz oxirgi nuqtani qo‘yishda oqsashayapti. Xohish bor, ammo, avval aytgan gapni qaytaraman – agressiya yetishmayapti”, - dedi murabbiy.

“Hamrobekov markaziy himoyada o‘ynayotganini sababini avvalgi o‘yinda aytgan edim. Bugun ham uni yana markazda tushirganimni sababi oddiy, shunchaki avvalgi o‘yindagi tarkibni almashtirmadim”.

“Jamoaga yangi futbolchilarni jalb etishni rejalashtirayapmiz. Albatta, jamoaga yangi qon kerak. Busiz o‘sish bo‘lmaydi. Bu borada ishlayapmiz. Qanday transfer yangiliklari bo‘lsa, albatta sizlarni xabardor qilamiz, yashiradigan narsa yo‘q”.

“Hojimat Erkinov o‘zimizning jamoadan etishib chiqqan o‘yinchi. Albatta, uni yana shu erda ko‘rishdan xursand bo‘lardik. Uni taklif etish bo‘yicha ishlar ketayapti, ammo bu borada aniq nimadir ayta olmayman”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb