Aleksandr Xomyakov: Xebay jamoada uzoqroq qolishiga ishonaman

Coca-Cola Superliga 8-turida mehmonda “Paxtakor” bilan durang qayd etgan “Andijon” klubi ustozi Aleksandr Xomyakov peshqadamdan olingan ochkodan xursand ekanligi, Xebayning jamoada qolish imkoniyatlari va Esanov va rejalar haqida gapirdi.

“Chempionat peshqadami bilan o‘yinda ochko tortib olganimizdan xursandmiz. Qiyin, tajovuzkor o‘yin bo‘ldi. Hisobda ortda qolayotganimizga qaramay, o‘z o‘yinimizni namoyish etdik va gol urdik. Durang haqqoniy natija bo‘ldi”.

“Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin jamoa hamjihatroq o‘ynadi. Ko‘proq hujum qildik va gol urdik”.

“Xebay jamoa safida qolishiga ishonaman. Uning amaldagi shartnomasi bor va bu shartnoma bo‘yicha majburiyatlari mavjud. Ikkinchi davrada ham u bizning safimizda qolishiga va bizga yordam berishiga umid qilaman”.

“Esanovni anchadan beri ko‘rmayapmiz. U yoshlar termasi safida o‘ynagani bois jamoamizda uzoq vaqtdan beri shug‘ullanmayapti. Albatta, unda asosiy tarkibga kirish uchun potentsial etarli va barchasi uning o‘z qo‘lida”.

“Ikkinchi davrada jamoamizga qiyinroq bo‘ladi. Biz yana o‘z stadionimizga qaytamiz. Bu biz uchun juda muhim. Plankani ancha balandga ko‘tara oldik. Shuning uchun ko‘proq mehnat qilamiz. Albatta, murabbiy sifatida ayrim pozitsiyalarni kuchaytirishni istayman”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb