Timur Kapadze: Mavsum hali oldinda

Coca-Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Metallurg” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Emotsiyalar va vaziyatlarga boy uchrashuv bo‘ldi. Afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Yigitlar xotirjamlikka berilishdi. Bugun xatolar ko‘p bo‘ldi. G‘alaba qozonsak bo‘lardi.

Birinchi golda darvozabon qutqarishi kerak edi. Zarba yaxshi bo‘ldi, biroq to‘pni qaytarish mumkin edi. Ikkinchi va hisobga olinmagan uchinchi gollarda ham xato boldi. Bugun ba’zi sabablarga ko‘ra, tarkibimizda yo‘qotishlar bor edi. Kimdadir kartochkalar ko‘payib ketgan, kimdadir jarohat. Terma jamoadan keyin tayyorgarlikka vaqt etishmadi.

Mavsum hali tugagani yo‘q. Tarkibda o‘zgarishlar katta. Ko‘plab futbolchilar boshqa jamoaga o‘tishdi. Ikkita markaziy himoyachimiz o‘zgardi. Yarim himoyada ham o‘zgarishlar etarli. Zaxiramiz kuchli bo‘lganida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lardik. Nafaqat o‘yinda, balki mashg‘ulotda ham munosib qarshilik bo‘lishi lozim. Menimcha, o‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz. Terma jamoaga bog‘liq uzilishlar o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘ylaymanki, ikkinchi davrada bundan ham yaxshi ishtirok etamiz.

Bo‘riev himoya va hujumni bog‘lab turadigan futbolchi sanaladi va bugun uning yo‘qligi sezildi. Albatta, Jiyanovning mahorati va tezligi ham bugun bizga etishmadi”, – dedi Kapadze.

mib
uzcard
cola
apex
bmb