Samvel Babayan: Oston O‘runovga bo‘lgan munosabat o‘zgardi

Coca-Cola Superliga 13-turida mehmonda “Neftchi” bilan durang o‘ynagan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan raqib, terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarning holati, Oston O‘runovga bo‘lgan munosabat o‘zgargani va rejalar haqida gapirdi.

“Navbahor” va “Neftchi” o‘rtasidagi o‘yinlar doimo shunday qiziqarli tarzda kechadi. Bu ikki jamoa musobaqa jadvalida qanday o‘rinlarda borsalar ham doim anshlag bo‘lishi tabiiy. O‘yin ham shunga monand qiziqarli tarzda kechdi. Biz o‘yin yakunigacha tempni tushirmadik va faqat g‘alaba uchun o‘ynadik. Raqib ikkinchi raqamda o‘ynashi va qarshi hujumlarda bizga qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligini bilardik. Shunga qarab tayyorgarlik ko‘rgan edik. O‘yin biz kutgan stsenariy ostida kechdi. Afsuski, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishda muammolar bo‘ldi. Terma jamoa safiga chaqirilgan futbolchilarda o‘yin amaliyoti kam edi. O‘yin borasida kamchiliklar bor, ularni bartaraf etamiz”, - dedi Babayan.

“O‘runovning so‘nggi o‘yinlari tufayli ko‘pchilikning munosabati o‘zgardi. Terma jamoa safida ham etakchi bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Uning o‘yinlari barchani quvontirmoqda va u ancha o‘sdi. Raqiblar ham unga nisbatan keskinroq va ehtiyotroq o‘ynashayapti. Bugun raqib futbolchilari ham uni yaxshi qo‘riqlashdi. Oston bugun jarohati borligiga qaramay maydonga tushdi va yaxshi harakat qildi. Bu tahsinga sazovor harakat”.

“Navbahor” tarkibidan 5 nafar futbolchi terma jamoaga chaqirilgani quvonarli hol. Asta-sekin bizning jamoamiz milliy termamiz uchun bazaviy jamoaga aylanmoqda. Yana bir futbolchimiz shuningdek, Chernogoriya terma jamoasiga chaqirilgan”.

“O‘zimizda muammolar bor ekanini yashirmaymiz. O‘yin borasida biroz kamchiliklar bor. Bu borada ishlaymiz. Terma jamoa safiga chaqirilgan futbolchilardan tashqari safimizda qolgan boshqa futbolchilar bugun yaxshi harakat qilishdi. Bugun ayrim vaziyatlarda aynan ularning hatti-harakatlari bizga yordam berdi. Terma safiga chaqirilgan futbolchilarda esa hozirda jismoniy holatlari va o‘yin amaliyoti bo‘yicha biroz muammolar bor”.

“Musobaqada yuqori oltilikda borayotgan jamoalar boshqalardan yaqqol ajralib qolgan. Chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun kurash aynan shu jamoalar o‘rtasida kechsa kerak”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb