Vitaliy Levchenko: Derbi derbiga yarasha bo‘ldi

Coca Cola Superliga 13-turida o‘z maydonida “Navbahor” bilan durang o‘ynagan “Neftchi” klubi ustozi Vitaliy Levchenko o‘yin, raqib, derbi va rejalar haqida gapirdi.

“Bugun derbi nomiga yarasha qiziqarli va keskin o‘yin bo‘ldi. Namangandan ham ancha muxlislar tashrif buyurdi. Bizning muxlislar ham stadionni to‘ldirishdi. O‘yin ham shunga yarasha qiziqarli bo‘ldi, faqatgina gollar etishmadi”.

“Umad Adhamzoda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, ha, bu kabi vaziyatlar ko‘p, bizning kamchiligimiz ham shu. Imkoniyatlardan foydalanishda oqsayapmiz”.

“Chempionlik uchun kurash qiziqarli kechayapti. Jamoalar saviyasi avvalgidan yuqori. Mana, “Navbahor” ham bugun chempionlik kurashida. Oldida OChL saralash uchrashuvlari turibdi. Ularga omad tilayman. Ular chempionlik kurashida ham yaxshi imkoniyatga egalar. Yana bir asosiy nomzod – “Paxtakor” bugun so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozondi. Bu ham hozirgi chempionatimiz ancha kuchayganini bildiradi. Oson raqib va oson o‘yin yo‘q”.

“Murabbiy sifatida doimiy ravishda stadionimizda bugungidek muxlislar to‘lishini istayman. Albatta, biz ham bunga harakat qilamiz”.

“Jamoada raqobat bor va bu bizni xursand qilmoqda. Barchada jismoniy toliqish bor va bu tabiiy jarayon. Muhimi, bizda har kim istalgan vaqt maydonga tushib o‘yinni kuchaytira oladi. Raqobat bo‘lishi muhim jarayon”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb