Mixail Yeremchuk: O‘yin uslubimizga mos keladigan futbolchi izlayapmiz

Coca-Cola Superliga 13-turdan o‘rin olgan “Buxoro” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Mixail Yeremchuk o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi bahs biz uchun muhim edi va yigitlar g‘alaba qozonish harakat qilishdi, ammo o‘xshamadi. Hududiy jixatdan o‘yinda ustunlik qildik va bir vaziyatni ko‘zdan qochirdik.

Muammolar har bir jamoada bor va buni mashg‘ulotlarda ishlab, hal qilish kerak. Biroq bu tezda sodir bo‘lmaydi, biroz vaqt kerak.

Asosiy jamoadagi olti futbolchiga javob berib yuborilgan va ularning o‘rnini to‘ldirish, kuchaytirish uchun ish olib borilmoqda. O‘yin falsafamizga mos keladigan ijrochilarni izlayapmiz.

Yoshlarimiz safida ham hujumchilar mavjud. Jamoamizda ko‘proq mahalliy futbolchilar o‘ynashini istaymiz. Selektsiya ishlari davom etmoqda va 5-6 nafar futbolchini ko‘rib chiqyapmiz”, – dedi Yeremchuk.

mib
uzcard
cola
apex
bmb