Coca-Cola Superliga 13-turdan o‘rin olgan “Buxoro” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoalarning musobaqa jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib, uchrashuv qiyin o‘tishini oldindan his qilgan edik. Raqibning hozirgi holati va ob-havodan kelib chiqib uchrashuvga o‘ziga xos tarzda tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi bo‘limda “Buxoro” jamoasi 3 nafar markaziy himoyachi bilan maydonga tushishini kutgan edik, biroq ular 4 nafar himoyachi bilan harakat qilishdi. Shu sababli o‘yinimizda biroz tushunmovchilik ro‘y berdi va markazni boy berdik. Ikkinchi taymda o‘zimizda kuch topib, gol kiritishga erishdik va uni saqlab qoldik. Jaziramada o‘ynash ancha qiyin bo‘ldi. Barchani – muxlislar, rahbariyat va albatta, yangi homiyimizni ushba g‘alaba bilan tabriklayman.
Albatta, g‘alaba qozonishimizni kutgan edim. “Buxoro”ga ham ochko suv va havo kabi zarur edi va shu sabab qiynaldik. Futbolchilarimning munosabatidan va professionalizmidan mamnunman.
Jamoadagi moliyaviy muammolar bartaraf etildi va va bunday e’tibordan so‘ng albatta g‘alaba qozonishimiz lozim edi.
Xebayning jamoa bilan amaldagi shartnomasi bor va u jamoamizda qoladi deb o‘ylayman”, – dedi Xomyakov.