O‘zbekiston Osiyoda birinchi: 17 o‘zbek klubi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi

OFK futbol klublarini litsenziyalash natijalarini e’lon qildi hamda  2023/24-mavsum musobaqalarida ishtirok etadigan jamoalar nomiga oydinlik kiritdi.

Liga litsenziyalash uchun 25 ta klubni jalb qildi. Mazkur ko‘rsatkich borasida O‘zbekiston Osiyoda birinchi bo‘ldi. Mos ravishda Qatarning 17 ta va Saudiya Arabistonining 16 ta klubi litsenziyalashga jalb etilgandi. 

Litsenziya uchun da’vogarlardan O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan biz Osiyoda eng yaxshi natijani qayd etdik. Bir yil avval 12 ta klubimiz bunga muvaffaq bo‘lgandi. Mos ravishda Qatarning 15 ta, Amirliklarning 13 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi.

OFK litsenziyasiga ega chiqqan O‘zbekiston klublari: “Paxtakor”, “Navbahor lochinlari”, “Nasaf”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Metallurg”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Andijon”, “Turon”, “Buxoro”, “Mash'al”, “Sho‘rtan”, “Olimpik”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb