“Olimpik-farm” ishtirokidagi ikki uchrashuv sanasi o‘zgardi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 15-19-iyun kunlari Toshkentda Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Mazkur terma jamoa asosini “Olimpik-farm” klubi tashkil qilishi inobatga olinib, jamoaning 14-iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Paxtakor-79” klubiga qarshi o‘yini 29-iyun sanasiga qoldirildi. 

Shuningdek, musobaqaning 9-turi doirasidan o‘rin olgan “Qumqo‘rg‘on-1977” — “Olimpik-farm” uchrashuvi avgust oyida bo‘lib o‘tadi. Bellashuvning aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb